MUZFO.net / Новая музыка 2024 / Vohid Abdulhakim - Hamma o'zi bilan o'zi ovora

Vohid Abdulhakim - Hamma o'zi bilan o'zi ovora

Vohid Abdulhakim - Hamma o'zi bilan o'zi ovora
  • Слушали: 1 014
  • Размер: 8.88 MB
  • Длительность: 03:52
  • Качество: 320 kbps
  • Опубликовано: 2023-06-29 11:41:00
Слушать песню
Скачать песню
Скачать песню Vohid Abdulhakim - Hamma o'zi bilan o'zi ovora в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни

Текст песни Vohid Abdulhakim - Hamma o'zi bilan o'zi ovora

Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqnichi qora,
Ro'zg'or bu g'or ekan, teshik tog'ora,
Odam bilan odam ishi yo'q qarang,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.

Qarang, fasllarda bir rang qolmadi,
Qarang, muhabbatda ohang qolmadi,
Inson ko'nglida yo'q nayrang qolmadi,
Bosh qashib mulla va qozi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.

Baxtini yo'qotgan armondan nolir,
Nishon topmagan yoy kamondan nolir,
Noshukur tunu kun zamondan nolir,
Karvonda ot va it izi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.

Hech kimsa qo'l cho'zmas sening g'aming yeb,
Tirikmisan yoki o'likmisan deb,
Bir guli ochilsa o'ntasi so'lib,
Qarang, shoir bilan so'zi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.

Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqnichi qora,
Ro'zg'or bu g'or ekan, teshik tog'ora,
Odam bilan odam ishi yo'q qarang,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.